O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining yangi veb-saytini yaratish bo’yicha e’lon

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparati quyidagi talablardan kelib chiqib 2017 yil 12 oktyabrga qadar Pensiya jamg’armasining yangi veb-saytini (www.pfru.uz) yaratish bo’yicha qiymatini taqdim etishingiz so’raladi:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son “O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib;

“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga murojaat va shikoyatlar qabul qilish” platformasi;

Veb-saytning mobil ilovasi;

Shaxsiy kabinetlarning mavjudligi.

Qolgan talablar tomonlarning mas’ul shaxslari o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvlar davomida loyihani amalga oshirishning texnik imokniyatlaridan kelib chiqib muhokama qilinadi.

 

Tijorat takliflari 2017 yil 12 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tijorat takliflarni pension_uz@pfca.mf.uz elektron pochtaga yuborishingiz mumkin.

 

Mаnbаа: www.pfuz.uz




Tez-tez beriladigan savollar