Yoshga doir pensiya

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar-60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;

ayollar-55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar.

 

Pensiya tayinlash uchun (7-modda) etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a»,«b»«v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi

 

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro’yxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:

1-son ro’yxat – yoshidan qat’iy nazar;

2-son ro’yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;

3-son ro’yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda.

Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga, shuningdek:

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunining 37-moddasining «a»«b»«v» va 
«g» bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar - 1 yilga qisqartirgan holda ( ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar)

urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar va bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi – 5 yilga qisqartirgan holda;

 

 

 




Tez-tez beriladigan savollar