Pensiya yoshiga etgan bo‘lsa-da, pensiya tayinlashni rad etilishi.

Aksariyat holatlarda fuqarolar Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga pensiya tayinlashni so‘rab ariza va barcha hujjatlarni ilova qilgan holda rasman murojaat etmaganliklari aniqlanmoqda.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan (ishlovchilarga) taqdimnoma yoki ariza barcha hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.

Fuqarolar bilan uchrashilganda mehnat stajiga (etarlicha mehnat stajiga ega) emasligi, mehnat daftarchasi mavjud emasligi (yo‘qolganligi) aniqlanmoqda.

Qonunning 8-moddasiga asosan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda pensiya tayinlanadi.

Misol uchun: Fuqaro 2018 yilning 10 aprel kuni 6 yil 4 oy staji bilan 55 yoshga to‘lib pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ish staji 7 yildan kam, ya’ni umumiy ish staji 6 yil
4 oyni tashkil etganligi sababli, ushbu fuqaroga yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi mavjud emas.

Qonunga muvofiq mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda ish stajini tasdiqlash uchun ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.

Masalan: 1953 yil 2 fevralda tug‘ilgan fuqaro, 2013 yilning
2 fevral kuni umumiy pensiya yoshi (60 yosh)ga to‘lib Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Taqdim etgan hujjatlarga asosan ish staji o‘sha davrda amalda bo‘lgan Qonun talabiga asosan 5 yildan kam bo‘lganligi (fuqaroning mavjud ish staji 3 yil 9 oy) sababli unga yoshga doir pensiya tayinlash rad etilgan.

Fuqaro 2018 yilning 5 mart kuni (65 yoshga to‘lgandan so‘ng) ushbu fuqaroga murojaat qilgan sanadan 206 720 so‘m miqdorda yoshga doir nafaqa tayinlanadi.




Tez-tez beriladigan savollar