Yoshga doir pensiyaga chiqqandan so‘ng ishlagan davri, pensiya miqdorini qayta hisoblashda inobatga olinmasligi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” Qonuniga asosan yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.

SHu munosabat bilan yoshga doir pensiya, shu jumladan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan davr pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.

Misol uchun: Fuqaroga 2016 yil 15 avgustdan umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlangan, ammo fuqaro mehnat faoliyatini davom ettirganligi sababli,fuqaro 2017 yilning 20 dekabr kuni ishdan bo‘shab, pensiya miqdorini qayta hisoblashni so‘rab  murojaat etganda, uning 2016-2017 yillardagi faoliyati pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.




Tez-tez beriladigan savollar