Turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan turmush o‘rtog‘ining pensiyasiga o‘tganda pensiya miqdorining kamligi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalarning bir turini olgan pensioner pensiyaning boshqa turiga o‘tish huquqiga ega.

Pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiya to‘xtatiladi va boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.

Bir shaxsga bir nechta pensiyalarni to‘lanmaydi.

Ayol kishi turmush o‘rtog‘i vafot etgandan so‘ng unga marxum turmush o‘rtog‘ining pensiyasini tayinlab berishni so‘rab murojaat etganda, unga yoshga doir (nogironlik) pensiyasi olib turgan bo‘lsa, amaldagi pensiya to‘htatilibboquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tkaziladi.

Misol uchun: Fuqaroning marxum turmush o‘rtog‘ining pensiya miqdori 722 431,4 so‘mni tashkil etgan, ammo, fuqaroga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya tayinlaganda pensiya miqdori 385 956,5 so‘mga kamaygan (turmush o‘rtog‘ining pensiyasidan 336 474,88 so‘mga kam).

Pensiya miqdori quyidagicha hisoblangan:

Marhum turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha ish haqi miqdori
989 632 so‘mni, ish staji 43 yilni tashkil etadi.

Marhum turmush o‘rtog‘ining pensiyasi:

pensiyaning tayanch miqdori – 989 632 x 55% = 544 297,6 so‘m;

ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi – 989 632 x 18 % (43 yil umumiy ish staji – 25 yil talab qilingan ish staji = 18 yil, har bir to‘liq yil uchun 1 foiz) = 178 133,8 so‘m.

Pensiya miqdori = 544 297,6 + 178 133,8 = 722 431,4 so‘m.

Fuqaroning pensiyasi:

pensiyaning tayanch miqdori –989 632 x 30% = 296 889,6 so‘m;

ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi – 989 632 x 9 %
(43 yil umumiy ish staji – 25 yil talab qilingan ish staji = 18 yil, har bir to‘liq yil uchun 0,5 foiz) = 89 066,9 so‘m.

Pensiya miqdori = 296 886,6 + 89 066,9 = 385 956,5 so‘m.




Tez-tez beriladigan savollar