Ishsiz bo‘lsa-da, muddatidan oldin pensiyaga chiqish rad etilgani.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar (erkaklar – 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollar – 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lganda) pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil
8 sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan fuqaro byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi taqdimnomasini taqdim etishi lozim.

Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan berilgan taqdimnoma Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidanmuddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos bo‘lib hisoblanadi.

Misol uchun: Ayol kishi 53 yoshga to‘lib, 20 yil ish stajiga ega bo‘lib, ishlab chiqarish korxonasida ish o‘rinlari kamayganligi sababli ish o‘rni qisqartirildi. Ushbu fuqaro hududiy Bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qiladi va unga o‘rnatilgan tartibda Markaz tomonidan ishsizlik maqomi berilgandan so‘ng fuqaroga muddatidan oldin (53 yoshda) yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin.




Tez-tez beriladigan savollar