Pensiya jamg‘armasi rahbariyati sayyor qabullar o‘tkazdi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o`rinbosari tomonidan joriy yil 29 iyun sanasida Toshkent shahar Chilonzor va Uchtepa tumanlari fuqarolari bilan pensiya ta’minoti masalalari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi.

Uchrashuvda tumanlar Xalq qabulxonalarining mudirlari va tumanning boshqa mutasaddi rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, pensiya va nafaqa oluvchilar hamda  fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabulda joylarda uchrayotgan muammolar va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining ma’sul xodimlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga Pensiya ta’minoti tizimi isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi yuzasidan tushuntirishlar berilib, ularning taklif va mulohazalari eshitildi.




Tez-tez beriladigan savollar