Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minotiga qo‘shimchalar kiritildi

Joriy yilning avgust oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi axborot tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad hududlarda pensiya va nafaqalarni to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi yuzasidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar bo‘lib, bunda fuqarolarning jinsi, tug‘ilgan sanasini noto‘g‘ri kiritilishi yoki bir fuqaroga bir necha marotaba pensiya tayinlanishi oqibatida ortiqcha to‘lovlar yuzaga kelayotganligidir.

Ushbu tizim yo‘lga qo‘yilishi natijasida, pensiya va nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning biometrik pasport ma’lumotlari “Elektron hukumat” bazasidan avtomatik ravishda yuklanadi hamda kelgusida fuqaroning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritilishi yoki soxtalashtirilishi oldi olinadi.




Tez-tez beriladigan savollar