Pensiya jamg‘armasi rahbariyati Qashqadaryo viloyatida fuqarolar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining G‘uzor va Qarshi tumanlarida fuqarolarning pensiya ta’minoti masalasi yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tuman mutassadi rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, pensiya va nafaqa oluvchilar hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor uchrashuvlarda joylarda uchrayotgan muammolar va ularni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining ma’sul xodimlariga topshiriqlar berildi.

 

 

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar hududlarda davom etmoqda.




Tez-tez beriladigan savollar