Pensiya sohasida do'stona munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash yo'lida.

    2018 yil 26-27 sentyabr kunlari Armaniston Respublikasida (Yerevan) "Ijtimoiy ta'minot sohasidagi elektron xizmatlar (sug'urta)" mavzusida xalqaro konferentsiya bo'lib o'tdi.

     Tadbir Pensiya va ijtimoiy fondlar xalqaro assotsiatsiyasi va Armaniston Ijtimoiy ta'minot xizmati tomonidan tashkil etildi.

    Konferensiyada Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi vakillari, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O'zbekistonning ijtimoiy va pensiya jamg'armalari hamda muassasa rahbarlari ishtirok etdilar.

   Konferensiya mavzusi barcha mamlakatlar uchun dolzarbdir. Ayni paytda muammolarning biri ijtimoiy tizimni takomillashtirishdan iborat. Tizimni modernizatsiya qilish jarayonlarida  axborot texnologiyalari muhim rol o'ynaydi.

    Konferensiya qatnashchilari ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi va sifatini yaxshilash imkonini beradigan hamda fuqarolarni shaxsiy ro'yxatga olishni ta'minlash va manzilli ijtimoiy himoyanini kuchaytiruvchi maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni ta'minlash bo'yicha keng qamrovli ma'ruzalar qildilar.

      Konferensiya turli darajadagi mutaxassislar o'rtasida professional tajriba almashish imkonini taqdim etdi.

      Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Pensiya va ijtimoiy fondlar xalqaro assotsiatsiyasiga (PIFXA) a'zoligini qabul qildi.

  • PIFXAga a'zo bo'lish quyidagilarni nazarda tutadi:
  • Ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash, rag'batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik;
  • Assotsiatsiya tomonidan maslahat, metodik va boshqa yordam olish;
  • Assotsiatsiya boshqaruv organlariga Assotsiatsiyaning barcha masalalari bo'yicha takliflar berish, ularning muhokamasida ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;

PIFXA a'zolari va uning hamkorlari tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

 

          Manba: www.pfru.uz




Tez-tez beriladigan savollar