“Pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi: xalqaro tajriba va tendensiyalar, O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

2018 yilning 23 oktyabr kuni Toshkent moliya institutida “Pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi: xalqaro tajriba va tendensiyalar, O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda Pensiya jamg‘armasi, BMT taraqqiyot dasturi ekspertlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Xalqaro Vestminster universtiteti professorlari qatnashdilar.

Anjumanda milliy pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligi, pensiyalarni tayinlashda mehnat stajining minimal talablarini qo‘llash, pensiyalarni hisoblash va tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakuni bo‘yicha davlat pensiya tizimining joriy holati bo‘yicha tahlili materiallar tayyorlandi hamda fuqarolar ijtimoiy ta’minotining umumqabul qilingan standartlari va minimal me’yorlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Umuman olganda anjuman yuqori darajada o‘tkazildi hamda kelgusida tizimli ravishda bu kabi tadbirlarni tashkil etib borishga keshildi.

 

Manbaa: www.pfru.uz




Tez-tez beriladigan savollar