"O'zbekiston Respublikasining pensiya tizimini takomillashtirish" mavzusida seminar tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirliklari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik dasturi doirasida joriy yilning 24 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot moliyalashtirish instituti vakillari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasining pensiya tizimini takomillashtirish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminarda Nazarov Vladimir Stanislavovich - Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Lazaryan Samvel Sergeevich - Makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari, Moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert guruhi rahbari va Tursunov Yorqin Ergashevich - Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijro etuvchi direktori o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiyada Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutining vakillari, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, byudjetdan tashqaridagi Pensiya jamg'armasi va Bank-moliya akademiyasi o’qituvchi-professor ishtirok etdilar.

Konferentsiyada "O'zbekiston Respublikasining pensiya tizimini takomillashtirish" mavzusidagi keng qamrovli masalalar muhokama qilindi va islohotlarga asosiy yondashuvlar ko'rib chiqildi.

Tadbir pensiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarb masalalari bo'yicha Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot instituti vakillari bilan interaktiv muloqot tarzida o'tkazildi.

 

Mаnbаа: www.pfru.uz




Tez-tez beriladigan savollar