pensiyaning tayanch miqdori

Pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilangan:

a) yoshga doir pensiya uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55%, lekin rasmiy belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 100% miqdorida;

b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55%, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100% miqdorida;

g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30%, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 50% miqdorida;

d) ota-onasidan judo bo’lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg’iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun-pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30%, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100% miqdorida.

Tez-tez beriladigan savollar