Chet elda ishlaganlarga

CHet elda ishlangan davrlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan sug’urta badallari to’langan taqdirda mehnat stajiga qo’shib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

CHet el fuqarolariga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O’zbekiston Respublikasida ishlanganiga to’g’ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda stajga qo’shiladi.

CHet elda ishlagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga «Chet elda ishlayotgan o‘zbekiston respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan o‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» asosan chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

Chet elda yollangan holda ishlagan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga kelgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan kelganidan keyin uch kun muddatda pasportidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) asosida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadigan belgilangan shakldagi chet el davlati va u erda bo‘lgan vaqti to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

Chet elda bo‘lish davri, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida ham tasdiqlanishi mumkin.

7. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda STIR deb ataladi) mavjud bo‘lmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida unga STIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi shart.

8. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq har oy uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilashi mumkin.

9. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

har oyda yoki har chorakda;

bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida.

Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda sug‘urta badali to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana sug‘urta badali to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiya, ism, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

10. Milliy valyutadagi sug‘urta badallari chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila a’zolari yoki ishonchli vakil tomonidan to‘lanadi.

Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamg‘armasining maxsus valyuta hisob raqamlariga amalga oshirilishi mumkin va to‘lov sanasiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.

11. Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limi tomonidan mehnat daftarchasiga yozuvlar kiritilmaydi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lashni to‘xtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan so‘nggi sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.

Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari miqdori sug‘urta badallarining belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag‘larni qo‘shimcha kiritish sharti bilan hisobga olinadi.

Tez-tez beriladigan savollar