Qoramol o’stiruvchi shaxslarga va yetishtirilgan chorvachilik maxsulotlarini sotish bilan band bo’lgan, o’simlikshunoslik, baliqchilik mahsulotlari

Shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band bo’lgan shaxslar, ular tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaligida boqilgan yoki ushbu xo’jaliklarda etishtirilgan chorvachilik tovar mahsuloti pul yoki natural shaklda daromad olish maqsadida sotilgan taqdirda ish bilan band hisoblanadilar.

Ushbu shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga bir yilda eng kam oylik ish haqining to’rt yarim barobaridan kam bo’lmagan miqdorda sug’urta badallari to’langan taqdirda qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lingan davrlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo’shiladi.

Qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan shaxslarning mehnat stajini hisobga olish byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligi to’g’risida davlat soliq xizmati organlaridan olingan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan badallarni hisobga olish davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan, ushbu band bo’lingan davrlarning pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga hisoblanishini xohlovchi shaxslar yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lovchilar sifatida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaligida qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan fuqaro byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, o’zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya ta’minotining xohlangan miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin bir yilda eng kam oylik ish haqining to’rt yarim barobaridan kam bo’lmagan miqdorda belgilaydi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari, qoidaga ko’ra, hisobot yilining 1 oktyabriga qadar naqd pul bilan yoki (Xalq banki yoki boshqa tijorat bankidagi hisob raqamlaridan) naqdinasiz hisob-kitob qilish yo’li bilan, badallar to’lovchining yashash joyidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hisob raqamiga to’lanadi.

 

Quyidagilarga:

  • sug’urta badallarini byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’liq kalendar yil uchun oldindan to’lashga yo’l qo’yiladi. Bu holda ushbu kalendar yilida eng kam oylik ish haqining miqdori o’zgarganda qo’shimcha to’lov amalga oshirilmaydi;
  • badallar to’lanmagan oldingi davrlar uchun bir yilda eng kam oylik ish haqining to’rt yarim barobaridan kam bo’lmagan summada, to’lov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda sug’urta badallarini to’lashga yo’l qo’yiladi.
  • Badallar to’lanmagan davrlar pensiya tayinlashda mehnat stajiga qo’shilmaydi.
  • Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar to’lashning shaxsiy hisobi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi organlari tomonidan, shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lgan shaxslar tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar to’langanligi to’g’risida davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Tez-tez beriladigan savollar