pensiyalarga ustama haqlar
Pensiyalarga quyidagi miqdorlarda ustamalar belgilanadi:
a) I guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 150%;
b) II guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 125%;
g) ko’zi ojizlik bo’yicha I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 100%;
d) I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 75%;
e) II guruh yolg’iz nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 50%;
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 50%;
z) Ulug’ Vatan urushi yillarida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 30%;
i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o’tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) – eng kam oylik ish haqining 30%;
k) O’zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo’lgan shaxslarga-xizmatlariga qarab – eng kam oylik ish haqining 100%dan 150%gacha;
l) 1-son Ro’yxatga asosan imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’lgan artistlarga – eng kam oylik ish haqining 75%;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o’quv muassasalarining professor-o’qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan ro’yxatga ko’ra – eng kam oylik ish haqining-50%.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga asosan faxriy unvon egalariga alohida to’lovlar joriy etilgan bo’lib, “Halq” va “Xizmat ko’rsatgan arbob” faxriy unvon egalariga eng kam oylik ish haqining 3 barobari, “Xizmat ko’rsatgan” faxriy unvoni uchun eng kam oylik ish haqining 1,6 barobari va “Xizmat ko’rsatgan artist” faxriy unvoni uchun eng kam oylik ish haqining 1,8 barobari miqdorida to’lovlar belgilangan.
“k” – “m” bandlarida ko’rsatib o’tilgan ustamalar va faxriy unvon uchun to’lovlar:
ishlovchi shaxslarga – ish beruvchi mablag’lari hisobidan;
ishlamaydigan pensionerlarga – Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lovlar amalga oshiriladi.