Majburiy to’lovlar

Aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasini kafolatlangan tshlovlar manbalari bilan ta’minlash maisadida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida quyidagi majburiy to’lovlar ko’zda tutilgan:

yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

-davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar.

Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar quyidagilardir:

yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (bundan buyon matnda sug‘urta badallari deb yuritiladi) to‘lovchilardir.

Sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq sug‘urta badallari to‘lovchi ayrim toifadagi jismoniy shaxslar mustasno.

Ushbu Kodeksning 172-moddasida ko‘rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish ob’ektidir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish ob’ekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning soliq solish ob’ektidir.

 

Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza Solik Kodeksning 172-moddasiga muvofiq to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, Solik Kodeksning 308-moddasidako‘rsatilgan to‘lovlar bundan mustasno.

Soliq kodeksi 306-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmasligi lozim.

Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari quyidagi to’lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:

mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;

yosh mutaxassislarga oliy o’quv yurtini tamomlaganlaridan so’ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to’lanadigan nafaqalar;

quyidagi grant mablag’lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar:

davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag’lari;

Yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab chiqarilmaydi:

-O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga;

-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga;

-aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga.

Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lovchilar quyidagilardir:

yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;

oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — yuridik shaxs;

Quyidagilar davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq to‘lovini va (yoki) yagona er solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar.

umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan aksiz to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.

Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir

1) issiqlik va suv ta’minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun — mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaruvchi yuridik shaxslar uchun – o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;

3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi haq summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug‘urta tashkilotlari uchun – agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Solik Kodeksning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;

7) gaz ta’minotini va elektr ta’minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun — qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda tegishincha tabiiy gaz va elektr energiyasini oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish hajmi;

8) don mahsulotlarini qabul qilish (don mahsulotlarini qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari) faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar – qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda, ustama va chegirma.

 

 

 

Tez-tez beriladigan savollar