boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlashni so’rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;
  • oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to’g’risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma, u bo’lmagan taqdirda - fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko’chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
  • boquvchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki uning bedarak yo’qolganligi to’g’risida sudning qarori;
  • vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • vafot etgan boquvchining jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005 yil 1 yanvardan keyin);
  • vafot etgan boquvchining ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining qaramog’idagi oila a’zolari tarkibi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;
  • ta’lim muassasasining vafot etgan boquvchining oila a’zolari 16 - 18 yoshdagi o’quvchilar hisoblanishi to’g’risidagi ma’lumotnomasi;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o’rtog’i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi) vafot etgan boquvchining 3 yoshga to’lmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga qarash bilan bandligini va ishlamayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
  • baxtsiz hodisa va sog’liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to’g’risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo’lgan bo’lsa - boshqa rasmiy hujjat;
  • Bundan tashqari, zarur hollarda, yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan vafot etgan boquvchining nomiga rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar boshqa xujjatlar taqdim etiladi.

Tez-tez beriladigan savollar