boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bo’yicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.

Nafaqani tayinlash va to’lash arizachining yashash manzili bo’yicha joylashgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari  tomonidan amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo’lishi kerak:

  • pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
  • boquvchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma va boquvchisini yo’qotgan taqdirda nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolarining tug’ilganligi to’g’risidagi hujjatlar (pasport va/yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma) nusxalari;
  • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib o’tilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritiladilar.

Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - nafaqaning 100 foizi;

b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga - nafaqaning 75 foizi;

v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga - nafaqaning 50 foizi.

Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa yoshga doir nafaqa miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

ns-serif";mso-fareast-font-family: "Times New Roman";color:black;mso-fareast-language:RU'>Размер пособия по случаю потери кормильца членам семьи умершего устанавливается в процентном соотношении к пособию, которое получал или имел право получать умерший гражданин, в следующих размерах:

 

  • на трех и более нетрудоспособных членов семьи – 100 процентов пособия;
  • на двух нетрудоспособных членов семьи – 75 процентов пособия;
  • на одного нетрудоспособного члена семьи – 50 процентов пособия.

В случае смерти лица, не имеющего право на пособие, пособие членам семьи умершего устанавливается исходя из пособия по возрасту.

Tez-tez beriladigan savollar