Bola to’gilganda beriladigan nafaqa

Bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.

Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi

Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o’qish joyidan to’lanadi.

Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganda nafaqa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari  tomonidan tayinlanadi va to’lanadi.

Tez-tez beriladigan savollar