Bolalikdan nogironlarga nafaqalar

Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 noyabrdagi PF-4482-son Farmoniga asosan 2012 yil 1 dekabrdan nafaqa 155670 so’m miqdorida to’lanadi.

Nafaqani tayinlash va to’lash arizachining yashash manzili bo’yicha Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Nafaqa tayinlash to’g’risidagi ariza (keyingi o’rinlarda ariza deb ataladi):

  • 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan;
  • muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan;
  • nogiron bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga beriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan - pasportining nusxasi;

b) muomalaga layotqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning pasporti nusxasi, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi;

v) nogiron bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - nogiron bola tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi, nogiron bolaning yashash joyini tasdiqlaydigan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi ma’lumotnomasi, sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi.

Farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikni belgilash to’g’risidagi qarorining nusxasi ham taqdim etiladi.

Pensiya jamg’armasi bo’limi arizaga Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan olingan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironni tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani ilova qiladi.

Nafaqani to’lash quyidagi holatlarda to’xtaliladi:

  • 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron yoxud 16 yoshgacha nogiron bola doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
  • Nafaqa tayinlangan shaxslar to’liq davlat ta’minotiga o’tkazilganda (“Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga);
  • 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron yoki 16 yoshgacha nogiron bola ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda;
  • 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda.

16 yoshdan katta bolalikdan nogironga «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to’lash to’xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to’langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’lanadi.

Tez-tez beriladigan savollar