Nogironlik nafaqasi

Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotilganda tayinlanadi va to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 noyabrdagi PF-4482-son Farmoniga asosan 2012 yil 1 dekabrdan nafaqa 95 520 so’m miqdorida to’lanadi.

Nafaqalarni tayinlash va to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari  tomonidan amalga oshiriladi.

Arizaga pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinishi kerak.

Pensiya jamg’armasi bo’limi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan olingan tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani ilova qiladi.

Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqaro mehnat faoliyatiga layoqatli emas yoki unga mehnat faoliyati bilan shug’ullanish mumkin emasligi (yoki zid ekanligi) belgilangan taqdirda TMEK mehnat qobiliyatining doimiy yoki uzoq muddatga yo’qotilganligi to’g’risida tegishli xulosa chiqaradi.

 Haq to’lanadigan ishni bajarish yoki daromadning boshqa manbaiga ega (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) I va II guruh nogironlariga nogironlik nafaqasi to’lanmaydi.

Tez-tez beriladigan savollar