Yoshga doir nafaqa

Yoshga doir nafaqa:

  • ish stajiga ega bo’lmagan;
  • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 5 yildan kam ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi.

Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan boshqa shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 noyabrdagi PF-4482-son Farmoniga asosan 2012 yil 1 dekabrdan nafaqa 95 520 so’m miqdorida to’lanadi .

Yoshga doir nafaqa:

  • erkaklarga - 65 yoshga etganlarida;
  • ayollarga - 60 yoshga etganlarida tayinlanadi.

Nafaqani tayinlash va to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari  tomonidan amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo’lishi kerak:

  • pasport yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
  • ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga – ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organidan berilgan ma’lumotnoma, unda ariza beruvchining barcha oila a’zolarining, shu jumladan, alohida yashaydigan voyaga etgan mehnatga layoqatli a’zolari (yoki ularning yo’qligi), ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan yillari, qarindoshlik darajasi, ariza beruvchi oilasi har bir a’zosining turmush kechirish manbalari ko’rsatilgan bo’lishi kerak;
  • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 5 yildan kam ish stajiga ega bo’lganda - mehnat daftarchasi;
  • Pensiya jamg’armasi bo’limi arizaga: Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa tayinlash to’g’risidagi arizada mehnatga layoqatli farzandlarining, qarindoshlarining yoki O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashi shart bo’lgan boshqa shaxslarning borligi va ariza beruvchining jami daromadi to’g’risidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko’rsatilishi zarur.

Haq to’lanadigan ishni bajarish yoki daromadning boshqa manbaiga ega (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa to’lanmaydi.

Tez-tez beriladigan savollar