ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi

Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun pensiyalarning tayanch miqdorlari quyidagicha oshiriladi:

a) yoshga doir pensiyalar – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1% miqdorida;

b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1% miqdorida;

g) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun-boquvchining o’rtacha oylik ish haqining 0,5% miqdorida oshiriladi.

Otasidan ham, onasidan ham judo bo’lgan (chin etim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Tez-tez beriladigan savollar