Pensionerlarning huquqlari

 

Pensioner quyidagi huquqlarga ega:

  • Pensiyani naqd pulda va naqd pulsiz ko’rinishda olish (tijorat banklari talab qilib olingunga qadar depozitlar yoki bank plastik kartochkalari orqali olishi mumkin);
  • Pensiya tayinlash qarori ustidan shikoyat yoki da’vo arizasi kiritish;
  • pensiyani qayta hisoblash uchun unga huquq paydo bo’lgandan keyin istalgan vaqtda murojaat etish;
  • o’z vaqtida talab qilib olinmagan pensiyaning hisoblangan summasini o’tgan vaqt uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda, biroq pensiya olish uchun murojaat qilishdan oldingi o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan vaqt uchun olish;
  • qariyalar va nogironlarning internat uylaridagi (pansionatlarida) ta’minot uchun sarf-xarajat o’rtasidagi farqni olish, biroq tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa - kamida 20 foizda;
  • pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar olish, shuningdek pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni olishda Pensiya jamg’armasi bo’limlari ko’magiga tayanish.

TMEKda qayta ko’rik muddati o’tkazib yuborilganda:

  • Uzrsiz sabablarga ko’ra – pensiyani to’xtatib qo’yilgan kundan, lekin ko’pi bilan o’tgan bir oydan boshlab;
  • Uzrli sababga ko’ra – agar TMEK uni ana shu davrda nogiron bo’lgan deb topsa, pensiya to’lash to’lov to’xtatib qo’yilgan kundan boshlab to qayta ko’rikdan o’tish kunigacha, lekin ko’pi bilan o’tgan uch yil uchun to’lanadi. Bunda nogiron qayta ko’rikdan o’tkazish chog’ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o’tkazilgan bo’lsa, pensiya ko’rsatib o’tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo’yicha to’lanadi;
  • Doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiyani (O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to’g’risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg’armasi bo’limiga ketish to’g’risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib 6 oy avval uchun O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida olish;
  • Agar pensioner olti oy avval pensiya to’langandan keyin doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketmagan taqdirda, unga pensiya to’langan olti oylik davr tamom bo’lgandan keyin pensiyani navbatdagi to’lash uchun murojaat qilgan taqdirda olti oy avval yana pensiya to’lanishi mumkin;
  • mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan oyning oxirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq bo’lmagan muddatga pensiyani olish;
  • Pensiya jamg’armasi bo’limining aybi bilan o’z vaqtida olinmagan pensiya summasini o’tgan vaqt uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda, muddat bilan cheklanmagan holda olish;
  • O’zbekiston Respublikasi hududida yashash manzili o’zgarganda oldingi yashash joyi bo’yicha pensiyani to’lash to’xtatilgan vaqtdan boshlab pensiyani olish, biroq hisobga qo’yish uchun murojaat qilishdan oldingi o’n ikki oydan ortiq bo’lmagan vaqt uchun olish;
  • Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to’g’risida xalqaro shartnomalarga ega bo’lgan davlatlar bundan mustasno) chet elda bo’lgan vaqt uchun olish.

Tez-tez beriladigan savollar