Yashash manzilining o’zgarishi

Pensioner O’zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko’chgan taqdirda, pensiya hujjatlar yig’majildi pochtaning tarkibiy bo’linmalari orqali pensionerning yangi yashash joyi bo’yicha joylashgan Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboriladi yoki pensionerning qo’liga beriladi.

Ushbu holatda pensiyani to’lash pensiya hujjatlar yig’majildi olingandan keyin pensiya oluvchining yangi yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to’lash oldingi yashash joyi bo’yicha pensiyani to’lash to’xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

Doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to’g’risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg’armasi bo’limiga ketish to’g’risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo’nab ketishdan 6 oy avval O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to’lanadi.

Pensiya to’lanadigan olti oylik davr O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya to’lash uchun arizada ko’rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.

O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to’g’risida xalqaro shartnomalar tuzgan O’zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro’yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to’lanadi.

Olti oy avval pensiya:

ariza, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti asosida, unda «Doimiy yashash joyidan ro’yxatdan chiqarildi» degan belgi hamda ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo’limining doimiy yashash uchun ketish to’g’risidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek u borish niyatida bo’lgan xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo’lsa) bo’lganda - O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga;

ariza, chet ellik uchun istiqomat uchun berilgan guvohnoma asosida, unda “Doimiy yashash joyidan ro’yxatdan chiqarildi” degan belgi, shuningdek xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo’lsa) bo’lganda - xorijiy fuqaroga;

ariza, fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi asosida, unda «Doimiy yashash joyidan ro’yxatdan chiqarildi» degan belgi hamda ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik bo’limining doimiy yashash uchun ketish to’g’risidagi stikeri, shuningdek u borish niyatida bo’lgan xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo’lsa) bo’lganda - fuqaroligi bo’lmagan shaxsga to’lanadi.

Olti oy avval pensiya to’lash pochta o’tkazmasi bilan yoki pochta aloqasi tashkiloti orqali bir martalik vedomost asosida, shuningdek tijorat bankining filialida pensionerning nomiga ochilgan bank hisob raqamiga naqd pulsiz o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Olti oy avval to’langan pensiya summasini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya to’langan davrda pensiyalar miqdorlari o’zgarganligi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi.

Agar shaxs olti oy avval pensiya to’langandan keyin doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketmagan taqdirda, unga pensiya to’langan olti oylik davr tamom bo’lgandan keyin pensiyani navbatdagi to’lash uchun murojaat qilgan taqdirda, ushbu Nizomning 177 va 178-bandlarida ko’rsatilgan tartibda olti oy avval yana pensiya to’lanishi mumkin.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi tayinlangan shaxs doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to’g’risida xalqaro shartnomalarga ega bo’lgan davlatlar bundan mustasno), pensiya chet elda bo’lgan vaqt uchun to’lanadi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi quyidagi hujjatlar asosida qayta hisoblab chiqiladi:

  • pensiyani o’tkazish to’g’risidagi ariza;
  • shaxsning O’zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat;
  • O’zbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan boshqa davlatga ko’chib o’tish) sanasi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

SHaxsning O’zbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.

Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan berilgan hujjat pensionerning doimiy yashash joyidagi davlatda O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legaliztsiya qilinishi kerak, bunday muassasa bo’lmagan taqdirda esa, pensionerning doimiy yashash joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning O’zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan legaliztsiya qilinishi, keyinchalik, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi kerak.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga o’tkazish fuqaroning har bir yilning 31 dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga to’lmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga va nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan - ularning qonuniy vakillari pensiya oluvchilar hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini to’lash uchun fuqaroning tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan fuqaro uchun taqdim etiladi.

Bunday hujjat O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xorijiy davlatning notariusi yoxud vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to’lash O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatib turiladi (to’xtatiladi).

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to’lash O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanadi (qayta tiklanadi).

Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya oluvchi doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgandan keyin uning pensiya hujjatlar yig’majildini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparatiga beradi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini shaxsga u doimiy yashaydigan xorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit muassasasidagi hisob raqamiga o’tkazishni xorijiy valyutada amalga oshiradi, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatining xorijiy valyutadagi xarajatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. o’z valyuta mablag’lari mavjud bo’lmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparati xorijiy valyutani belgilangan tartibda ichki valyuta bozorida xarid qiladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasini o’tkazish chet elga jo’nab ketishdan oldin pensiya to’langan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

CHet elga o’tkaziladigan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi summasi, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o’zgacha hol belgilanmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparati O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali chet elga o’tkazilishi kerak bo’lgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining o’z vaqtida konverttsiya qilinishi va jo’natilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summalarini konverttsiya qilish va yuborish bo’yicha xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi tayinlangan O’zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashaydigan shaxsga o’tgan vaqt uchun olinmagan pensiya summasini to’lash to’lov amalga oshiriladigan tegishli davr uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan pensiya miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Tez-tez beriladigan savollar