Pensiyalardan chegirmalar

Pensiyalardan chegirmalar:

a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

b) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining qaroriga binoan-pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto’g’ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to’langan taqdirda qilinishi mumkin. (o’zR 09.09.2010 y. o’RQ-254-son Qonuni tahriridagi band)

Pensiyalardan yuqorida ko’rsatib o’tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.

Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to’lanishi lozim bo’lgan puldan hisoblab chiqariladi.

Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Ortiqcha to’langan pensiya puli bo’yicha qarzdorlik to’liq uzilgunga qadar pensiya to’lash to’xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.

Tez-tez beriladigan savollar