Ishlovchi pensionerlarga to’lovlar

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarida ro‘yxatda turuvchi hamda tashkilotlarda ishlovchi pensionerlarga pensiyalar ish joyidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Pensions to pensioners working in organizations and registrated in districts (cities) of Pension Fund are paid by Off-Budget Pension Fund under Ministry Of Finance of Republic of Uzbekistan.

Quyidagi toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda (100 foiz) to‘lanadi:

a) urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslarga.

b) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni o‘tagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;

v) I va II guruh nogironlari;

g) CHernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolar.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari hamda fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga

e) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga - yoshga doir pensiyani olganda.

j) O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining barcha xodimlariga.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar to‘lanadi.

 2014 yil 1 yanvaridan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar bo‘yicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.

 

2017 yil 1 apreldan boshlab quyidagi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;

harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari, shuningdek respublika akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha rahbarlari;

harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining:

Milliy xavfsizlik xizmati instituti, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;

respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari va tarbiyachilari;

harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.

Pensiyalarni to‘lash to‘liq miqdorda, agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat harbiy pensionerning yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

 

2017 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari hamda «Kommunxizmat» agentligining boshqaruv xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlari bo‘lgan pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.

Pensiyalarni to‘lash to‘liq miqdorda, agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

 

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab:

ishlovchi shifokor-pensionerlarga

ishlashi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Xalq...», «Xizmat ko‘rsatgan ... arbobi» va «Xizmat ko‘rsatgan...» faxriy unvonlariga ega pensionerlarga;

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganligi hamda ulardan foydalanilayotganligi uchun faqat mualliflik mukofoti (gonorar) ko‘rinishida daromad olayotgan, lekin mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirmayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi nazarda tutiladi.

 

Xususiy (yakka tartibda) tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi hamda dehqon xo‘jaliklarida ishlovchi pensionerlarga, pensiyalar ularning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 50 foiz miqdorida to‘lanadi (pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqiga ega pensionerlardan tashqari).

Tez-tez beriladigan savollar