1
O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga xizmatlariga qarab pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
- yoshidan qat’iy nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
- teatr-kontsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʻati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va kontsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi.
Yoshga doir pensiyada pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyaning tayanch miqdori aniqlanadi, pensyaining tayanch miqdori pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.