Kunlik daromad (18-03-2025) - 148.9 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 4,489.6 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 5,987.2 mlrd. so'm
1
0
0
%

mart oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

20

Tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir paytda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga aylanadi.

Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.

Tadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishi o‘zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan ijtimoy soliqlarning eng kam miqdori har oyda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazoviy hisoblash miqdori (BHM)dan kam bo‘lmagan miqdorni, yoshiga oid pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo‘lgan tadbirkorlar uchun esa bazoviy hisoblash miqdori (BHM)ning kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Tadbirkor belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turgan paytida ijtimoiy soliqlar to‘lanmaydi, va bu davr stajga qo‘shilmaydi.

Ijtimoy soliqlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan soliq to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi.

Tadbirkorlar soliq haqidagi qonunlarga muvofiq ijtimoy soliqlarni o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javob beradilar.

Tadbirkorning mehnat stajiga u budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoy soliqlar to‘lagan davrlar kiritiladi.

Pensiyalar tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar to‘langan ijtimoiy solqilar summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan bazoviy hisoblash miqdori (BHM) kam bo‘lmasa (to‘langan penyalarni hisobga olmagan holda), stajga kalendar yil qo‘shiladi.

Tadbirkorning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoy soliqlar to‘lanishidan qat’i nazar pensiyalar tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.

To‘liq kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash bo‘lgan hollarda, agar mazkur yilda ijtimoy soliqlar kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa stajga kalendar yil qo‘shiladi.

Tadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.

Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun tadbirkorning daromadi to‘langan oylik ijtimoy soliq summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun ijtimoy soliqni ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo‘linadi va olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Pensiyalar tadbirkor yashash joyi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.

Saralash: