Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

14

  • Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti — tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining aynan shu oy uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor.
  • Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti (IKZ)dan pensionerning (yoki pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning) pensiyasini hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish uchun foydalaniladi.
  • Shaxsning IKZ, ishdagi mavjud tanaffuslaridan qatʻi nazar (pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko‘ra), mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi tegishli oydagi pensiyani hisblashning bazaviy miqdoriga bo‘linadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:

IKZi = FZi / BVIPi, bunda:

IKZi — i oy uchun ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti;

FZi — i oy uchun ish haqi, so‘m;

BVIPi — i oy uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori, so‘m;

  • Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, yaʻni pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs oltmish oydan kam ishlagan taqdirda yakka tartibdagi ish haqi koeffitsientlari uning tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aynan shu oydagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan mavjud ish stajidan har bir oy uchun aniqlanadi.
  • IKZ verguldan keyingi to‘rt belgili miqdordan iborat bo‘ladi.
  • IKZni hisoblashda verguldan keyin to‘rt belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi beshinchi belgi «5» ga teng va undan yuqori bo‘lsa, u holda to‘rtinchi belgi bir birlikka ko‘paytiriladi.

Misol. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti 5,62316 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach — 5,6232 hosil bo‘ladi.

  • Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

 

PFZi= IKZi x BVIP, bunda:

 

PFZi — ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilgan ish haqi;

BVIP — oldingi 12 oydagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori, so‘m.

  • Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

 

SZIP = Σ PFZi / 60, bunda:

 

Σ — summa belgisi shuni ko‘rsatadiki, pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini belgilashda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qayta hisoblab chiqilgan ish haqi miqdori, shaxsning ishdagi mavjud tanaffuslaridan qatʻi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket besh yilning tegishli oylari uchun jamlanishi kerak.

  • Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi bir tiyingacha yaxlit qilib hisoblanadi, yarim tiyindan kam summa esa tashlab yuboriladi.
  • Pensiya ushbu Nizom joriy etilgungacha tayinlangan fuqarolarga pensiyani hisoblash uchun ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda ish haqini qayta hisoblab chiqish mexanizmi qo‘llanmaydi.
  • Pensiya miqdori ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda quyidagi holatlarda murojaat qilingan sanada qayta hisoblab chiqiladi:

pensioner tomonidan pensiya miqdoriga taʻsir ko‘rsatadigan (ish staji yoki ish haqi to‘g‘risidagi va boshqa) qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda;

pensiyaning bir turi pensiyaning boshqa turiga o‘tkazilganda;

boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildi hisobga qabul qilib olinganda, u pensiyani boshqa davlatda olganligi holatidan qatʻi nazar;

bitta boquvchining vafoti munosabati bilan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan shaxsga ikkinchi boquvchisining vafoti munosabati bilan chin yetim sifatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi rasmiylashtirilganda.

  • 2011 yil 1 oktyabrgacha va undan keyin tayinlangan pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi quyidagi hollarda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilmaydi:

I va II guruhlar nogironlarining nogironlik guruhi o‘zgarganda yoki ularga pensiyalar to‘lash muddati uzaytirilganda;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan oila aʻzolari soni o‘zgarganda;

faxriy unvonlar uchun pensiyaga ustama haq va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanganda;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchiga ulush ajratilganda;

ilgari to‘xtatib qo‘yilgan pensiyalarni to‘lash tiklanganda;

pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ketganda.

Bunda oxirgi marta 2011 yil 1 oktyabrgacha qayta hisoblab chiqilgan pensiyalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga binoan oshirishlarni hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqiladi.

  • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq pensiya olishga huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyalar tayinlash uchun yashaydigan mamlakatida olingan ish haqi qabul qilinadi.

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qo‘llash maqsadida xorijiy fuqaroning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashayotgan mamlakatida tegishli oy uchun hisoblab chiqilgan har oylik ish haqi ko‘rsatib o‘tilgan ish haqi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisoblab chiqilgan oyning 15-sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga o‘tkaziladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari bilan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlari oshirilgan taqdirda, ilgari tayinlangan barcha pensiyalar miqdorlari ushbu farmonlar va qarorlarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq oshiriladi (qayta hisob-kitob qilinadi).
  • O‘zbekiston Respublikasida pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining belgilangan miqdorlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
  • Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqishga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.

Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining yakka tartibdagi

koeffitsientlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy

MIQDORLARI

O‘zgartirishlar sanasi va davri

Belgilangan pensiyani hisoblashning
bazaviy miqdori

So‘mlarda:

01.01.1973 yildan

70,00

01.01.1992 yildan

350,00

01.03.1992 yildan

(350,00 + 550,00) / 2 = 450,00

01.04.1992 yildan

550,00

01.07.1992 yildan

1000,00

01.09.1992 yildan

1250,00

01.10.1992 yildan

2000,00

01.01.1993 yildan

2500,00

01.04.1993 yildan

3000,00

01.06.1993 yildan

7500,00

01.07.1993 yildan

11250,00

01.09.1993 yildan

13500,00

01.11.1993 yildan

16200,00

So‘m-kuponlarda:

01.12.1993 yildan

24300,00

01.01.1994 yildan

30000,00

01.03.1994 yildan

45000,00

01.06.1994 yildan

70000,00

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (so‘m):

01.07.1994 yildan

70,00

01.08.1994 yildan

100,00

01.03.1995 yildan

150,00

01.09.1995 yildan

250,00

01.04.1996 yildan

400,00

01.09.1996 yildan

550,00

01.12.1996 yildan

600,00

01.07.1997 yildan

750,00

01.07.1998 yildan

1100,00

01.01.1999 yildan

1320,00

01.08.1999 yildan

1750,00

01.08.2000 yildan

2450,00

01.08.2001 yildan

3430,00

01.04.2002 yildan

3945,00

01.08.2002 yildan

4535,00

01.05.2003 yildan

5440,00

01.08.2004 yildan

6530,00

01.05.2005 yildan

7835,00

01.10.2005 yildan

9400,00

01.07.2006 yildan

10800,00

01.11.2006 yildan

12420,00

01.08.2007 yildan

15525,00

01.11.2007 yildan

(15525,00 + 18630,00) / 2 = 17077,50

01.12.2007 yildan

18630,00

01.04.2008 yildan

20865,00

01.09.2008 yildan

25040,00

01.11.2008 yildan

(25040,00 + 28040,00) / 2 = 26540,00

01.12.2008 yildan

28040,00

01.08.2009 yildan

33645,00

01.12.2009 yildan

37680,00

01.08.2010 yildan

45215,00

01.12.2010 yildan

49735,00

01.08.2011 yildan

57200,00

01.12.2011 yildan

62920,00

01.08.2012 yildan

72355,00

01.12.2012 yildan

79590,00

01.08.2013 yildan

(79590,00 + 91530,00) / 2 = 85560,00

01.09.2013 yildan

91530,00

01.12.2013 yildan

(91530,00 + 96105,00) / 2 = 93817,50

01.01.2014 yildan

96105,00

01.09.2014 yildan

107635,00

01.12.2014 yildan

(107635,00 + 118400) / 2 = 113017,50

01.01.2015 yildan

118400,00

01.09.2015 yildan

130240,00

01.10.2016 yildan

149775,00

01.12.2017 yildan

172240,00

01.07.2018 yildan

(172240,00 + 184300,00) / 2 = 178270,00

01.08.2018 yildan

184300,00

01.11.2018 yildan

202730,00

 

 

Misol:

  • Erkak kishi 2011 yil 12 aprelda 60 yoshga to‘lgach pensiya tayinlash uchun murojaat qildi va uning oxirgi o‘n yil mobaynida mehnat faoliyatining 5 yillik davri uchun 2006 yil may — 2011 yil aprel oylari tanlandi.
  • Pensiya tayinlanishidan oldingi 12 oy uchun o‘rtacha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini aniqlaymiz.

O‘rtacha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori = (37680 so‘m (2010 yil aprel — iyuldagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4 + 45215 so‘m (2010 yil avgust — noyabrdagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4 + 49735 so‘m (2010 yil dekabr — 2011 yil martdagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori) * 4) / 12 = 44210,0 so‘m.

  • Ish haqi to‘g‘risidagi maʻlumotlar asosida (maʻlumotnoma bo‘yicha) ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini va har bir oy uchun hisoblab chiqilgan ish haqini aniqlaymiz:

Davrlar

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori

Pensiyalarni hisoblash uchun

qo‘llaniladigan ish haqi

Ish haqining yakka tartibdagi

koeffitsienti

O‘rtacha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori

Qayta hisoblab

chiqilgan ish haqi

1

2

3

4 (3/2)

5

6 (4*5)

2006 yil

May

9 400

72 000

7,6596

44 210,0

338 630,92

Iyun

9 400

123 400

13,1277

44 210,0

580 375,62

Iyul

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Avgust

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Sentyabr

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Oktyabr

10 800

82 800

7,6667

44 210,0

338 944,81

Noyabr

12 420

95 220

7,6667

44 210,0

338 944,81

Dekabr

12 420

95 220

7,6667

44 210,0

338 944,81

Jami:

2 952 675,40

2007 yil

Yanvar

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Fevral

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Mart

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Aprel

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

May

12 420

125 500,00

10,1047

44 210,0

446 728,79

Iyun

12 420

145 600,00

11,7230

44 210,0

518 273,83

Iyul

12 420

95 220,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Avgust

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Sentyabr

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Oktyabr

15 525

119 025,00

7,6667

44 210,0

338 944,81

Noyabr

17 077,50

130 930,00

7,6668

44 210,0

338 944,81

Dekabr

18 630

144 025,00

7,7308

44 210,0

338 944,81

Jami:

4 354 450,72

2008 yil

Yanvar

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Fevral

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Mart

18 630

144 025

7,7308

44 210,0

341 778,67

Aprel

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

May

20 865

185 425

8,8869

44 210,0

392 889,85

Iyun

20 865

224 560

10,7625

44 210,0

475 810,13

Iyul

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

Avgust

20 865

161 308

7,7310

44 210,0

341 787,51

Sentyabr

25 040

194 500

7,7676

44 210,0

343 405,60

Oktyabr

25 040

194 500

7,7676

44 210,0

343 405,60

Noyabr

26 540

208 400

7,8523

44 210,0

347 150,18

Dekabr

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Jami:

4 281 937,45

2009 yil

Yanvar

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Fevral

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Mart

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Aprel

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

May

28 040

245 600

8,7589

44 210,0

387 230,97

Iyun

28 040

297 852

10,6224

44 210,0

469 616,30

Iyul

28 040

208 400

7,4322

44 210,0

328 577,56

Avgust

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Sentyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Oktyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Noyabr

33 645

251 500

7,4751

44 210,0

330 474,17

Dekabr

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Jami:

4 152 972,45

2010 yil

Yanvar

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Fevral

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Mart

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Aprel

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

May

37 680

312 500

8,2935

44 210,0

366 655,64

Iyun

37 680

365 800

9,7081

44 210,0

429 195,10

Iyul

37 680

282 400

7,4947

44 210,0

331 340,69

Avgust

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Sentyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Oktyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Noyabr

45 215

325 456

7,1980

44 210,0

318 223,58

Dekabr

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Jami:

4 059 017,36

2011 yil

Yanvar

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Fevral

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Mart

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Aprel

49 735

375 256

7,5451

44 210,0

333 568,87

Jami:

1 334 275,48

Hammasi:

21 135 328,86

 

  • Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqamiz:

Pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi = 21 135 328,86 so‘m/60 = 352 255,48 so‘m.

Saralash: