Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

Pensiya jamg’armasi tarixi

Menu

226

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining qisqacha

TARIXI

 

1919-yilda Ijtimoiy taʼminot xalq komissarligi tashkil etilgan.

Bu komissariat Rossiya Ijtimoiy taʼminot komissariatining qoʻllanma va koʻrsatmalari asosida ish olib borgan.

1938-yilda viloyatlar tashkil qilish haqidagi qaror qabul qilingach, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari ham viloyat ijroiya qoʻmitalarining boʻlimlari sifatida tashkil qilingan.

1956-yilda 14-iyulda sobiq ittifoqning “Davlat pensiya pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi yagona qonuni ilk bor qabul qilingan.

1967-yilda Toshkent shahrida Ijtimoiy taʼminot yuridik texnikumi ochilgan.

Oʻzbekistonda birinchi marta Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 14-yanvardagi 9-sonli qarori bilan SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlimi tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijtimoiy taʼminot vazirligi va mahalliy ijtimoiy taʼminot organlari qoshida muvofiq ravishda hududiy boʻlim va boʻlinmalar tuzish orqali Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasi tashkil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi “Pensiya va nafaqalarni toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi 444-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktyabrdagi “Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalardan samarali va qatʼiy oʻz yoʻnalishi boʻyicha foydalanilishini taʼminlash va bu yuzasidan nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi 490-sonli qarori bilan 2005-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4161-sonli Farmoni qabul qilinishi ushbu sohada yangi zamonaviy tizim yaratilishini boshlab berdi.

Farmon bilan, 2010-yil 1-yanvardan boshlab pensiya va nafaqalarni tayinlash, moliyalashtirish, shuningdek kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligidan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning huzurida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va hududiy boʻlinmalari qaytadan tashkil etildi.

Saralash: