17
Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari sotish bilan band bo‘lgan shaxslar, ular tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida boqilgan yoki ushbu xo‘jaliklarda etishtirilgan chorvachilik tovar mahsuloti pul yoki natural shaklda daromad olish maqsadida sotilgan taqdirda ish bilan band hisoblanadilar.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lgan shaxslar, o‘zlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qat’i nazar, ish bilan ta’minlangan aholi toifasiga kiritiladi va «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida qoramol o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda hisoblab chiqiladi.