Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

3

Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:

  • pensiyaning tayanch miqdoridan;
  • ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
  • pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.

Pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlar:

  • I guruh urush nogironlariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
  • II guruh urush nogironlariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
  • ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga  pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
  • I guruh nogironlariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
  • II guruh yolg‘iz nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
  • 1941—1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi;
  • vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
Saralash: