Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

18

Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya to’lanayotgan a’zolari tarkibidagi o’zgarishlar to’g’risida, ular o’qishni to’xtatganligi haqida, shuningdek to’liq davlat ta’minotiga o’tkazilganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi bo’limini xabardor qilishi shart.

Pensioner (boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda, bu haqda o’zining istiqomat joyidagi O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limini xabardor qilishi shart.

Pensioner tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto’g’ri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha to’lanishi tufayli davlatga etkazilgan zararni to’lash majburiyati pensionerga yuklanadi.

Ishonchnoma orqali pensiyalar to’langan holatlarda, ishonchnoma bergan pensioner pensiya to’laydigan Pensiya jamg’armasi bo’limiga bir yilda kamida bir marta kelib tayinlangan pensiyaga bo’lgan o’z huquqini tasdiqlashi kerak.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga o’tkazish fuqaroning har bir yilning 31 dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Saralash: