2022-yil 5-aprel Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda Pensiya jamgʻarmasi rahbariyati, tizimda samarali mehnat qilayotgan 250 nafar faol yoshlar, shuningdek, joylarda esa ZOOM platformasi orqali qolgan qatnashchilar onlayn ishtirok etishdi.
Uchrashuv rasmiyatchilikdan holi, aylana stol atrofida samimiy kechdi. Tizimdagi faol yoshlar oʻz tashabbuslarini koʻrsatib, ayrim tizimli muammolarga yechim topish maqsadida takliflarini bildirishdi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, ayniqsa yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri.
Hozirgi kunda, budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tizimida 30 yoshgacha 685 nafar yosh xodimlar faoliyat yuritmoqda, shundan yosh erkaklar soni 517 nafar, yosh xotin-qizlar soni esa 168 nafarni tashkil etadi.
Shundan, rahbarlik lavozimida 10 nafar yosh xodimlarimiz oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.
Bugun zamonamiz yoshlari “Men atrofimda nimani oʻzgartira olaman?” deb fikrlamoqda. Bu juda quvonarli hol. Shunday ekan, yoshlarga shu atrofni, jamiyatni, turmushni oʻzgartirish va kelajakni yaratish imkonini berish kerak. Shu maʼnoda, pensiya tizimida olib borilayotgan islohotlarda aynan yosh xodimlarimizning faol ishtirok etayotgani bizni quvontiradi. Pensiya jamgʻarmasi tizimida yosh kadrlarni rivojlangan davlatlar pensiya taminoti sohasini tajribasini oʻrganish uchun chet elda malaka oshirish yoʻlga qoʻyamiz.
Hozirda Azerbaydjan Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi bilan muzokalar olib borilmoqda. Mazkur davlatlarga eng tashabbuskor yoshlarni pensiya taʼminoti sohasida tajriba va malaka oshirish xizmat safariga yuboramiz, — deydi jamgʻarma ijro etuvchi direktori A.Xaydarov yoshlar bilan ushrashuvda.
Pensiya jamgʻarmasida faoliyat yuritayotgan faol oʻrta maʼlumotli yoshlarga oliy oʻquv yurtlariga kirishiga sharoitlar yaratish maqsadida tavsiyanoma berish ishlarimiz davom ettiramiz.
Uchrashuv davomida yoshlarni taklif va muammolari eshitildi hamda kelib tushgan takliflarni Pensiya jamgʻarmasi rahbariyati tomonidan tegishli masʼullariga topshiriq berildi.
Tadbir soʻngida tizim yoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoshlar boshlangʻich tashkiloti yetakchisini saylashdi.
Uchrashuvdan keyin bildirilgan takliflarga binoan, “Mening kasbim-mening faxrim” va “Eng yaxshi xodim-eng yaxshi oila faxri” mavzusida koʻrik tanlov tashkil qilib, Yoshlar kunida tantanali ravishda gʻoliblarni taqdirlash uchun loyihalar amalga oshirilishga kelishib olindi.
Eng faol yoshlar jamgʻarma rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbirdan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan uchrashuvga tashrif buyurgan faol yoshlar uchun poytaxtning eʼtiborga sazovar joylarida turlar tashkil etildi.
2022-yil 30-iyun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan "Rahbar va Yoshlar" uchrashuvi tadbiri tashkil etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.
Ushbu yoshlarni bayram bilan tabriklash maqsadida Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati direktori Abdulaziz Haydarov tashabbusi bilan Zoom platformasi orqali “Rahbar va Yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tizimdagi faol yoshlar o‘z tashabbuslarini ko‘rsatib, ayrim o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirishdi.
Tadbir davomida tizimda faol mehnat qilayotgan yosh hodimlar rahbariyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shu jumladan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida xam 700 nafardan ortik yoshlar faoliyat yuritib kelmoqda.