2
![]() |
Normatov Maxmudjon
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pеnsiya jamg‘armasi yoshlar yetakchisi |
2020-yilda Jizzax Politexnika institutini Avtotransport fakulteti “Yer usti transport tizimlari” yo‘nalishini tamomlagan. O‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Jizzax viloyat Davlat soliq boshqarmasida “Аrxivarius” vazifasidan boshlagan. 2016-yildan budjetdan tashqari Pensiya jamag‘armasi Jizzax viloyat boshqarmasining “Yetakchi EXM injeneri”, yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, 2021 “Pensiya” dasturiy ta’mitoti ma’muriyatchiligi sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan. Tanlovga qadar 2021-yildan boshlab Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati kichik mutahassisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U mehnat faoliyati davomida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga ko‘maklashish, ularni isteʼdodlarini namoyon qilish va turli xil tadbirlarga jalb qilish borasida muayyan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Normatov Maxmudjon Raxmonkul o‘g‘li Moliya, G‘aznachilik, Pensiya tizimi faoliyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazib berishda, mahalliy hamda respublika ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlikda ishlashda samarali faoliyat olib bormoqda hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoq Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda ham to‘liq yoritib berishda munosib hissani qo‘shib kelmoqda. Normatov Maxmudjon Raxmonkul o‘g‘li o‘zining jamoat ishlarida faolligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi bilan jamoa orasida hurmat-eʼtibor qozongan. Erishgan yutuqlari Tuman (shahar) Moliya, G‘aznachilik, Pensiya tizimi yoshlarning orzu-intilishlari, tashabbuslari, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan bir qator ko‘rik-tanlovlar, festivallar, davra suhbatlarini tashkil etilishida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat yuritib kelmoqda. M.Normatov tеlеgram ijtimoiy tarmog‘idagi “Moliya vazirligi yеtakchilari” T.me/minfin_yoshlari kanali va Pеnsiya jamg‘armasi matbuot xizmati T.me/JizzaxPensiya rasmiy kanallarining admini hamda asoschisi hisoblanadi. Bugungi kunda “Moliya vazirligi yеtakchilari” @minfin_yoshlari rasmiy kanali obunachilari 1836 nafarni tashkil etadi. Pеnsiya jamg‘armasi matbuot xizmati @JizzaxPensiya rasmiy kanali obunachilari esa 200 nafarni tashkil etadi. Moliya vazirligi yetakchilari ➡ T.me/minfin_yoshlari Pensiya jamg‘armasi Jizzax viloyat | Matbuot xizmati ➡ T.me/JizzaxPensiya M.Normatov tashabbusi bilan moliya tizimi yoshlar faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi “Moliya tizimi yoshlar madhiyasi” ning asoschisi. |
|
![]() |
Jumanov Oʻtkirbek
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoshlar yetakchisi |
2018-yilda Toshkent moliya instituti, buxgalteriya va audit yoʻnalishini tamomlagan. Oʻz mehnat faoliyatini 2017 -yilda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatida amaliyotchi vazifasidan boshlagan. 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatining shikoyatlar boʻyicha inspektori, 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatining yoshlar boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining Mablagʻlarni boshqarish va pensiya, nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida samarali faoliyat yuritib xizmat qilgan. Jumanov Oʻtkirbek Maxmud oʻgʻli oʻzining jamoat ishlarida faolligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi bilan jamoa orasida hurmat-eʼtibor qozongan |
|
![]() |
Kasimov Mirodil
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoshlar yetakchisi |
Oʻz mehnat faoliyatini 2008 -yilda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatida amaliyotchi vazifasidan boshlagan. Oʻz mehnat faoliyatini 2008-2009-yil “Komol Baxt plus” maʼsuliyati cheklangan jamiyati, direktor, 2010-2011 yil Toshkent viloyati Zangiota tumani budjetdan tashkari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, pensiya va nafaqalarni toʻlovi monitoringi guruhi 1-toifali inspektori, 2011- 2011-yil Toshkent viloyati Zangiota tumani budjetdan tashkari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi 1-toifali inspektori, 2013-2015-yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent viloyati boshqarmasi, Mablagʻlarni boshqarish va pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshligʻi, 2015-2015-yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent viloyati Zangiota tumani boʻlimi boshligʻi, 2015-2016 yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatining Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2016-2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi bosh mutaxassisi, 2018-2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatining Mablagʻlarni boshqarish, pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshligʻi, 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatining yoshlar boshlangʻich tashkiloti yetakchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib xizmat qilgan. Kasimov Mirodil Mirxodiyevich oʻzining jamoat ishlarida faolligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi bilan jamoa orasida hurmat-eʼtibor qozongan. |