7571
Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʻi nazar tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi 2 qismida belgilangan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.