Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

1

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (sud organlari yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
  • boquvchining bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;
  • vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  • vafot etgan boquvchining 18 — 23 yoshdagi mehnatga layoqatsiz oila a’zosi O‘zbekiston Respublikasining tashqarisidagi ta’lim tashkilotining o‘quvchisi yoki talabasi hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat;

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  • oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, partiya maktablarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qishni, shu jumladan, chet elda o‘qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma’lumotnoma;
  • bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tug‘ilgandan boshlab u uch yoshga to‘lgungacha bo‘lgan davrda mehnat munosabatlarida bo‘lgan tashkilot tomonidan berilgan bola uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
  • ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
  • ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;
  • davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm bemori (liliput) yoxud disproportsional pakana ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
  • familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
  • o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati;

Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda, vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.

Shaxsni vafot etganligi to‘g‘risidagi, pensiya tayinlanayotgan shaxsni vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlari to‘g‘risidagi (nikohda ekanligi, nikoh bekor qilinganligi), pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimidan elektron so‘rov yuborish orqali olinadi va pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsdan ushbu faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotnomalar qabul qilinmaydi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar «YaMMT» IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda ma’lumotnomalar ilova qilinmaydi.

Saralash: