Kunlik daromad (18-03-2025) - 148.9 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 4,489.6 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 5,987.2 mlrd. so'm
1
0
0
%

mart oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

1

Yoshga doir pensiyani tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
  • ish haqi to‘g‘risidagi maʻlumotnoma;

zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

  • oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy taʻlim tashkilotlarida, shuningdek, partiya maktablarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʻlimdan keyingi taʻlim institutida) kunduzgi o‘qishni, shu jumladan, chet elda o‘qishni tasdiqlaydigan diplom yoki maʻlumotnoma;
  • bolani parvarish qilish bo‘yicha taʻtil berilganligi va taʻtildan qaytilganligi to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tug‘ilgandan boshlab u uch yoshga to‘lgungacha bo‘lgan davrda mehnat munosabatlarida bo‘lgan tashkilot tomonidan berilgan bola uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan maʻlumotnoma;
  • ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqtni tasdiqlaydigan maʻlumotnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan vaqtini tasdiqlaydigan maʻlumotnoma;
  • ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;
  • davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm bemori (liliput) yoxud disproportsional pakana ekanligi to‘g‘risidagi maʻlumotnomasi;
  • familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
  • o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati;
  • O‘zbekiston Respulikasi Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining shaxsni ishsiz deb eʻtirof etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;

Mazkur bandda nazarda tutilgan maʻlumotlar «YaMMT» IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda maʻlumotnomalar ilova qilinmaydi.

Saralash: