Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

6

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining (o‘n ikki) baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Yoshga doir va nogironlik pensiyalarini hisoblashda fuqaroda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyaning tayanch miqdori pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblashda fuqaroda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyaning tayanch miqdori pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.

Misol: Pensiya tayinlash uchun 30 yil ish stajiga ega 50 yoshga to‘lgan I guruh nogironligi belgilangan fuqaroning oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomiyligi 2010-2019 yillarga to‘g‘ri kelgan. Uning tanlovi bo‘yicha 2014-2018 yillardagi 60 oylik ish haqlaridan o‘rtacha oylik ish haqi aniqlanadi. Besh yillik (60) oylik ish haqi jamlanadi va xosil bo‘lgan miqdor 60 ga bo‘linadi. Jami besh yillik oylik ish haqi miqdori 232 280 000 so‘m ushbu aniqlangan summani 60 ga bo‘lsak fuqaroning o‘rtacha bir oylik ish haqi miqdori kelib chiqadi 3 888 000 (232 280 000÷ 60 = 3 888 000) so‘m. Aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqining 55 % miqdori pensiyaning tayanch miqdori hisoblanadi. 3 888 000 × 55 % = 2 138 400 so‘m pensiyaning tayanch miqdori. 50 yoshida nogironlik belgilangan fuqaro uchun talab qilingan ish staji 14 yil misolda kelitirlagan fuqaroning ish staji davomiyligi 30 yil. 16 yil talab qilingan ish stajidan ko‘proq ish stajiga ega ana shu 16 yilning xar bir to‘liq yili uchun pensiya miqdori  ushbu fuqaroning 2014-2018 yillardan aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorining bir foizi miqdorida oshirilib boriladi. Demak 16 yil ortiqcha ish staji uchun pensiya miqdori 622 080 (3 888 000× 16 % = 622 080) so‘mga oshiriladi. I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi- 234 000 (324 000 × 75% = 243 000) so‘m umumiy pensiya miqdorini aniqlaymiz bunda:

pensiyaning tayanch miqdori (2 138 400) + ish staji uchun pensiyaning oshirilishi (622 080)+ ustama haq (243 000) = 2 760 480 so‘m  umumiy pensiya miqdori.

 

Saralash: