- Pensiyani naqd pulda va naqd pulsiz ko‘rinishda olish (tijorat banklari talab qilib olingunga qadar depozitlar yoki bank plastik kartochkalari orqali olishi mumkin);
- Pensiya tayinlash qarori ustidan shikoyat yoki da’vo arizasi kiritish;
- Pensiyani qayta hisoblash uchun unga huquq paydo bo‘lgandan keyin istalgan vaqtda murojaat etish;
- O‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiyaning hisoblangan summasini o‘tgan vaqt uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda, biroq pensiya olish uchun murojaat qilishdan oldingi o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan vaqt uchun olish;
- Qariyalar va nogironlarning internat uylaridagi (pansionatlarida) ta’minot uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farqni olish, biroq tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizda;
- Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarda) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, biroq tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
- Pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar olish, shuningdek pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni olishda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari ko‘magiga tayanish;
- Nizolarni sudgacha hal etish bo‘yicha apellyatsiya kengashiga murojaat qilish.
Appellatsiya kengashi buyrug'i Appellatsiya kengashi nizomi