Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

2

Pensiya taʻminoti tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va to‘liq miqdorda to‘lovlarni amalga oshirishga, respublika fuqarolarining pensiya taʻminotiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga hamda pensiya taʻminoti tizimining faoliyati samaradorligini oshirish va boshqaruvni takomillashtirishga qaratilgan asosiy meʻyoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya taʻminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida keltirilgan qarorlarini to‘laqonli amalga oshirish maqsadida 2012 yil 12 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012–2016 yillarga mo‘ljallangan davlat pensiya tizimini barqaror rivojlantirish, qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish orqali fuqarolarni davlat tomonidan kafolatlangan pensiyalar bilan taʻminlash shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleks rejasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • davlat pensiya taʻminoti tizimidagi qonunchilik bazasini va meʻyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;
  • pensiya tizimini takomillashtirish va davlat organlari hamda ularning joylardagi boshqarmalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha choralar;
  • Pensiya jamg‘armasi daromadlarini mustahkamlash bo‘yicha choralar;
  • pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lovlarini o‘z vaqtida taʻminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar;
  • Pensiya jamg‘armasi tarkibiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasining sifatini va jihozlanganlilik darajasini yaxshilash bo‘yicha choralar;
  • Davlat pensiya tizimidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Saralash: