Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

11

Imtiyozli shartlarda pensiyalar olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2 va 3-son roʻyxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:

  • 1-son roʻyxat – yoshidan qatʼiy nazar;

  • 2-son roʻyxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;

  • 3-son roʻyxat – umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirgan holda

Yoshidan qatʼiy nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:

  • kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari boʻlgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan boʻlsalar (1-sonli roʻyxat, I qism);

  • bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) koʻmir, maʼdanlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan boʻlsalar (1-sonli roʻyxat, II qism);

  • uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli roʻyxat, III qism).

Yuqorida qayd etib oʻtilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) koʻra uchish ishlaridan boʻshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan boʻlsalar;

  • teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

ijodiy ish staji kamida 20 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, IV qism);

ijodiy ish staji kamida 25 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, V qism);

ijodiy ish staji kamida 30 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat,VI qism);

  • sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil boʻlganda (1-sonli roʻyxat, VII qism).

Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:

  • yerosti ishlarida, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (2-sonli roʻyxat, I qism):

erkaklar — ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;

ayollar — ish staji kamida 15 yil boʻlib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda.

Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam boʻlgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir toʻliq yil uchun ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.

Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band boʻlingan har bir toʻliq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;

  • tsirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda (2-sonli roʻyxat, II qism).

Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:

  • urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

  • mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (3-sonli roʻyxat, I qism):

erkaklar — ish staji kamida 25 yil boʻlib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;

ayollar — ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda.

Mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;

  • bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;

  • nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VII qism);

  • ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VIII qism);

  • qariyalar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolarga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli roʻyxat, IX qism):

erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda.

 

Saralash: