Kunlik daromad (18-03-2025) - 148.9 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 4,489.6 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 5,987.2 mlrd. so'm
1
0
0
%

mart oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

19

Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan joydagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.

Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etgan kundan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi.
Saralash: