Kunlik daromad (24-04-2025) - 40.0 mlrd. so'm                  Oy boshidan daromad - 5,117.2 mlrd. so'm                  Oy boshidan xarajat - 6,017.4 mlrd. so'm
1
0
0
%

aprel oyi uchun
moliyalashtirildi
Ishonch telefon1271

10

 

Pensiyalar tayinlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunning 47-moddasiga asosan:

 a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;

b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.

Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.

Saralash: